Yangiliklar

“Ucell” viktorinasi

“Ucell” viktorinasi (keyingi o‘rinlarda — “Viktorina”) “COSCOM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — “Operator”) aloqa tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish zonasida o‘tkaziladi. Viktorina o‘tkazish muddati: 2022-yil 15-iyun (Toshkent vaqti bilan soat 00:00)dan 2023-yil 15-iyun (Toshkent vaqti bilan soat 23:29:59)gacha. Ushbu Qoidalar Tashkilotchining quiz.ucell.uz saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan paytgacha amal qiladi. Viktorina Ishtirokchilari ushbu Qoidalarning bekor qilinishi to‘g‘risida ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 (o‘n) kun oldin Viktorina Tashkilotchining quiz.ucell.uz saytida e’lon qilish orqali xabardor qilinadi. Ushbu Qoidalar tegishli xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. Qoidalarning mazkur bandida belgilangan tartibda ushbu Qoidalarga o'zgartirishlar kiritilishi va/yoki ularning bekor qilinishi Oferta Ishtirokchisi tomonidan qabul qilinishi natijasida yuzaga keladigan shartnomaga qo‘shimcha bitim shartlarini mos ravishda o‘zgartirish va/yoki bekor qilishni anglatadi.

Boshqa yangiliklar