“Ucell” viktorinasi (keyingi o‘rinlarda — “Viktorina”) “COSCOM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — “Operator”) aloqa tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish zonasida o‘tkaziladi.
Viktorina o‘tkazish muddati: 2023-yil 16-iyun (Toshkent vaqti bilan soat 00:00)dan 2025-yil 15-iyun (Toshkent vaqti bilan soat 23:29:59)gacha.
1. Viktorinani tashkil etish
1.1. Viktorina tashkilotchisi: “ArBoost” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi).
1.2. Viktorina lotereya yoki qimor emas, Abonentlarning e’tiborini Operatorning qo‘shimcha pulli xizmatlariga jalb qilish va Abonentlarning Operator xizmatlariga sodiqligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Viktorinada ishtirok etib, Abonent o‘z bilimini turli sohalardagi savollarga javob berish orqali tekshiradi va sovrin olish uchun raqobatlashib, savollarga to‘g‘ri va tezkor javoblarni beradi.
2. Viktorina Ishtirokchilari
2.1. Viktorina Ishtirokchisi — Operator Abonenti bo‘lgan va Viktorinada ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni bajargan 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.
2.2. Viktorina Ishtirokchisi bo'lish uchun obunani yoqtirishingiz kerak. Obuna narxi, ulanish usullari ushbu Qoidalarda alohida ko‘rsatiladi.
2.3. Obuna narxi Ishtirokchining shaxsiy hisobidan yechib olinadi.
2.4. Viktorinada ishtirok etish, shuningdek, Ishtirokchining Viktorina Tashkilotchilari tomonidan Ishtirokchining Viktorinada ishtirok etadigan, unga SMS-xabarlar, USSD-xabarlar, PUSH-bildirishlar yuborish, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va Viktorinani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa aloqa usullarini qo‘llash uchun qisqa raqamlardan foydalanishga roziligi degan ma’noni anglatadi.
2.5. Viktorinada Viktorinani o'tkazishda texnik ko'mak ko'rsatadigan Tashkilotchi, Operator va kompaniya xodimlari va vakillari, shuningdek, bunday xodimlarning va kompaniyalar vakillarining oila a'zolari ishtirok eta olmaydi.
2.6. Ishtirokchilarga Viktorinada ishtirok etishda quyidagilardan foydalanish taqiqlanadi:
•mobil telefon yoki planshet bo'lgan Operatorning SIM-kartasiga ega bo'lgan abonent qurilmasidan tashqari har qanday uskunalar (keyingi o'rinlarda — “Mobil telefon”);
•Viktorinaning boshqa ishtirokchilari oldida ustunlik olishning avtomatlashtirilgan usullari, shu jumladan, mobil telefon yoki shaxsiy kompyuterga o'rnatilgan avtoklikerlar, skriptlar va dasturiy komplekslar, Viktorina Tashkilotchisi tomonidan taqdim etiladigan dasturiy vositalardan tashqari;
•har qanday usulda, shu jumladan, dastur kodiga aralashish orqali o'zgartirilgan Viktorina Tashkilotchisi tomonidan ishlab chiqilgan viktorinada ishtirok etish uchun mo'ljallangan dasturiy vositalar;
•Viktorina Tashkilotchisi tomonidan Viktorinani (loglarni) hujjatlashtirish uchun foydalaniladigan texnik tizim ma'lumotlari bo'yicha aniqlanadigan Viktorinada ishtirok etish jarayonini avtomatlashtirishning boshqa usullari va vositalari.
Texnik tizim ma'lumotlari yakuniy deb e'tirof etiladi va unga Ishtirokchi tomonidan e'tiroz qilinmaydi.
Viktorinada ishtirok etishni avtomatlashtirish belgilari quyidagilar:
•Ishtirokchi tomonidan 4 soniyadan kamroq vaqt ichida savolga javob yuborish;
•savollarga javoblarning davriyligida aniqlangan qonuniyatlar, shu jumladan, Ishtirokchi tomonidan tekis oraliqlarda javoblarning yuborilishi va boshqa qonuniyatlar;
•Viktorina Tashkilotchisi tomonidan Viktorinani (loglarni) hujjatlashtirish uchun foydalaniladigan texnik tizimning boshqa ma’lumotlari.
2.7. Ushbu Qoidalarning 2.6-bandini buzgan ishtirokchilar Viktorinada ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi, Viktorina doirasida olingan barcha ballar bekor qilinadi va ushbu Ishtirokchi sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
3. Viktorinani o'tkazish tartibi
3.1. Viktorina obuna orqali amalga oshiriladi. Viktorinada ishtirok etishga ro‘xatdan o‘tish uchun Abonent quiz.ucell.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tishi va ishtirokini tasdiqlashi, yoki 3434 raqamiga SMS komandani yuborishi kerak.
3.2. Viktorinaga obuna bo‘lish narxi: sutkasiga, QQSni qo‘shganda, 2000 (ikki ming) so‘m.
3.3. Tarifikatsiya Viktorinaga obuna bo‘lgan Abonent tomonidan unda ishtirok etish bilan bog‘liq har qanday harakatlarning haqiqatda amalga oshirilganidan qat’i nazar har kuni amalga oshiriladi. Viktorinaga rasmiylashtirilgan obunada va Viktorina doirasida Abonent tomonidan xabar yuborish va/yoki qabul qilish uchun alohida to'lov Viktorina Tashkilotchisi tomonidan undirilmaydi.
3.4. Agar Abonent Viktorinaga obuna bo‘lish uchun zarur bo‘gan harakatlarni bajargan bo‘sa, lekin Operator aloqa tarmog‘idagi shaxsiy hisobida uni to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, bunday Abonentga obuna rasmiylashtiriladi va u Viktorinada ishtirok etadi. Bunda Abonentning yakuniy natijasi umumiy reytingda faqat o‘yin kunining oxirigacha obuna narxini to‘lashdan so‘ng hisobga olinadi.
3.5. Ishtirokchining shaxsiy hisobida Viktorinaning yangi o‘yin kuniga obuna bo‘lish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, u unda ishtirok etmaydi. Bunday abonent viktorinada ishtirok etishi shaxsiy hisob to‘ldirilgandan va keyingi viktorina kuni boshlangandan so‘ng avtomatik tarzda qayta tiklanadi.
3.6. Viktorina ishtirokchilari har kun davomida 10 (o‘n)ta savol oladilar, ularning har biriga 4 (to‘rt)ta javob variantlari taklif etiladi. Ishtirokchilarning vazifasi har kuni Viktorina savollariga aniq va imkon qadar tezroq javob berishdan iborat.
3.7. Savollar joriy Viktorina o‘yin kunining umumiy savollar ro‘yxatidan tasodifiy tartibda beriladi. Ishtirokchilarga yangi savollar paydo bo‘lishi haqida bildirishnomalar yuborilmaydi. Joriy o‘yin kunining savollarini olish uchun ishtirokchi viktorinaning quiz.ucell.uz saytiga kirishi va avtorizatsiyadan o‘tishi kerak.
3.8. Viktorinada ishtirok etish, shu jumladan savollar va javoblar bilan tanishish Ishtirokchilar tomonidan faqat quiz.ucell.uz saytida amalga oshiriladi, agar ushbu Qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Viktorina savollari har kuni soat 00:00da (Toshkent vaqti bilan) yangilanadi.
3.9. Viktorina kuni savoliga javob Ishtirokchidan tegishli kalendar kuni tugagunga qadar qabul qilinadi (Toshkent vaqti bilan soat 23:59:59).
3.10. Viktorina Ishtirokchilari har bir Viktorina kuni davomida savollarga izchil javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3.11. Viktorina Ishtirokchilari har kuni ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan quyidagi Maslahatlardan foydalanish imkoniyatiga ega:
•“50/50” — Maslahatdan foydalanilganda 2ta noto‘g‘ri variant berkitiladi. Narxi, QQSni qo‘shganda, sutkasiga 500 (besh yuz) so‘m. Bepul davr berilmaydi.
•“Xato qilish huquqi” — bitta noto‘g‘ri javob hisobga olinmaydi va Ishtirokchi bir xil savolga qayta javob berishi mumkin. Agar Ishtirokchi to‘g‘ri javobni tanlagan bo‘lsa, maslahat foydalanilgan hisoblanadi. Narxi, QQSni qo‘shganda, sutkasiga 500 (besh yuz) so‘m. Bepul davr berilmaydi.
•“Ishtirokchilar yordami” — tizim Viktorina Ishtirokchilari orasida javoblarning mashhurligini foizlarda ko‘rsatadi. Narxi, QQSni qo‘shganda, sutkasiga 500 (besh yuz) so‘m. Bepul davr berilmaydi.
•“Sekinlashuv” — savolga javob berish uchun sarflangan vaqt yarmiga bo‘linadi. Narxi, QQSni qo‘shganda, sutkasiga 500 (besh yuz) so‘m. Bepul davr berilmaydi.
•“Qayta o'ynash” — tizim raundni qayta o‘ynashga imkon beradi. Eng yaxshi natija o‘yinchilar reytingining yakuniy hisobida hisobga olinadi. Narxi, QQSni qo‘shganda, sutkasiga 500 (besh yuz) so‘m. Bepul davr berilmaydi.
Tariflash har kuni Maslahatga obuna bo‘lgan Abonent tomonidan har qanday harakat amalga oshirilganidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Ishtirokchi tegishli kalendar kuni tugagunga qadar (Toshkent vaqti bilan 23:59:59) har bir ulangan Maslahatdan 1 (bir) marta foydalanish imkoniyatiga ega.
Agar Abonent Maslahatga obuna bo‘lish uchun zarur bo‘lgan amallarni bajargan bo‘lsa, lekin uning Operator aloqa tarmog‘idagi shaxsiy hisobida uni to‘lash uchun etarli mablag‘i bo‘lmasa, bunday Abonentga obuna rasmiylashtirilmaydi (u ushbu Maslahatdan foydalana olmaydi).
3.12. Viktorina davomida Ishtirokchilarga 3434 qisqa raqamidan, shu jumladan, Viktorinada ishtirok etish doirasida mobil kontentga obuna va qo‘shimcha obunalarni rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi SMS-xabarlar, shuningdek, obunalarni rad etish to‘g‘risidagi xabarlar yuboriladi.
3.13. Agar Ishtirokchi Viktorinada ishtirok etishni davom ettirishni istamasa, yoki Maslahatlardan foydalanmaslikka qaror qilsa, unga obuna bo‘lishdan voz kechish kifoya. Buning uchun 3434 raqamiga STOP matni bilan SMS yuborish orqali obunani bekor qilish kerak. Viktorinada ishtirok etish, Maslahat olish imkoniyati birobarida, bu holda obunani bekor qilish kunidan keyingi kundan boshlab to‘xtatilgan hisoblanadi.
4. Ishtirokchilar reytingi va G‘oliblarni aniqlash qoidalari
4.1. Viktorinaning har bir o‘yin kuni tugagandan so‘ng, har birn Ishtirokchining savollarga bergan javoblari va javoblar uchun sarflagan vaqtiga qarab, yakuniy reyting shakllantiriladi.
4.2. Reytingni shakllantirish maqsadida o‘yin kunining savollariga javob bermagan Ishtirokchilar quiz.ucell.uz saytida e’lon qilingan yakuniy statistikada ko‘rsatilmaydi.
4.3. Ishtirokchining Viktorinadan o‘tish uchun sarflangan vaqtini aniqlashda Ishtirokchi tomonidan Viktorinaning barcha savollariga berilgan javoblarga sarflagan umumiy vaqti hisobga olinadi. Viktorinaning bitta savoliga javob berish vaqti — bu Viktorina Tashkilotchisining jihozlari yordamida Viktorina savollarini Ishtirokchining qurilmasiga yuklash vaqtidan boshlab, ushbu savolga javobning olinishi vaqtigacha bo‘lgan davrdir. Javob vaqtini hisobga olish soniyaning mingdan bir qismigacha aniqlikda amalga oshiriladi.
4.4. Viktorina kuni reytingini shakllantirishda, birinchi navbatda, Viktorina savollariga javoblarning to‘g‘riligini va javoblarning tezligini ikkinchi navdatda hisobga oladi. Bu shuni anglatadiki, 10 daqiqada Viktorina savoliga to‘g‘ri javob bergan Ishtirokchi reytingda noto‘g‘ri javob bergan, ammo buni 2 daqiqada bajargan Ishtirokchiga qaraganda yuqori o'rinni egallaydi.
4.5. Agar Viktorinaning o‘yin kuni yakunlariga ko‘ra bir nechta Ishtirokchi bir xil natija ko‘rsatgan bo‘lsa, avval javob bergan Ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
4.6. Viktorinada ishtirok etishning har bir yangi kunini Ishtirokchi nol natija bilan boshlaydi, avvalgi o‘yin kuni uchun statistika bekor qilinadi.
4.7. Viktorinada, shu jumladan, bir nechta abonent raqamlaridan ishtirok etuvchi har bir ishtirokchi g‘olib bo'lishi mumkin:
•bir o‘yin kunida ko‘pi bilan 1 (bir) marta,
•bir kalendar oyda ko‘pi bilan 3 (uch) marta,
•bir kalendar yilda ko‘pi bilan 9 (to‘qqiz) marta, shu jumladan, bunday ishtirokchi Viktorinada bir necha abonent raqamidan ishtirok etganda.
4.8. Ishtirokchining reytingga kirishi faqat o'yin kunining natijalarini sarhisob qilish vaqtida faol pulli obunasi bo‘lgan taqdirda sodir bo‘ladi.
5. Qo‘shimcha sovrinlar o‘yini. Marafonlar
5.1. Viktorinani o‘tkazishning har bir kalendar kuni yakunlari bo‘yicha (Toshkent vaqti bilan soat 00:00:00dan 23:59:59gacha) har kuni o‘yin kuni tugagandan so‘ng, to‘g‘ri javoblar va savollarga javob berish vaqtlari bo‘yicha birinchi 3 (uch)ta o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlanadi. Ishtirokchilar reytingi quiz.ucell.uz saytida shakllantiriladi. Agar ushbu Qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, barcha G‘oliblar tegishli darajadagi sovrinlarni qo‘lga kiritadilar.
5.2. O‘yin kunining barcha savollariga javob bergan va yakuniy reytingga maxsus sovrinlar o'yinining muayyan davrida kamida 5 marta kirgan ishtirokchilar qo‘shimcha sovrinlar o‘yini — “Marafon”da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar (maxsus o‘yinlarni o‘kazish muddati ushbu Qoidalarga qo‘shimcha 1-ilovada ko‘rsatilgan).
5.3. Sovrinlar o‘ynalishi davrida eng kam vaqt ichida eng ko‘p to‘g‘ri javoblarga ega bo‘lgan birinchi 3 ishtirokchi o‘yin kunining eng yaxshi natijasi bo‘yicha g‘olib deb topiladi.
6. Qo‘shimcha sovrinlar o‘yini. “Duel” mini-o'yinlari
6.1. “Duel” mini-o‘yini — bu alohida turnirlar doirasida o‘tkaziladigan qo‘shimcha Viktorina sovrinlari o‘yini bo‘lib, unda Viktorina o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin 14 marta o‘ynagan ishtirokchilar ishtirok etishlari mumkin.
6.2.. “Duel” mini-o‘yinlari turnirlarining o‘tkazilish muddatlari ushbu Qoidalarga qo‘shimcha 2-ilovada ko‘rsatilgan.
6.3. “Duel” mini-o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyati Ishtirokchiga taqdim etiladi, agar o‘yin boshlanishiga qadar Viktorinada faol to'langan obunasi mavjud bo‘lsa.
6.4. “Duel” mini-o‘yinlari tegishli turnirining faqat bitta G‘olibi aniqlanadi.
6.5. Turnirda ishtirok etish uchun ishtirokchi “Duel” mini-o‘yinlari o‘ynalgan kuni “Duel” mini-o‘yinlarida ishtirok etishga o‘z roziligini bildirib, quiz.ucell.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “Qo‘lqopni tashlash” tugmasini bosishi lozim. “Duel” mini-o‘yinlari turnirida ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalarga rozilishini anglatadi.
6.6. Viktorinada turnir “Duel” mini-o‘yinlari o‘ynalgan kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi. Turnir bir necha turdan iborat bo‘lib, turnir G‘olibi aniqlanmaguncha o‘tkaziladi. Birinchi turning boshlanishi — Toshkent vaqti bilan soat 12:00. Har bir keyingi tur, agar u o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, avvalgi turdan keyin 1 soat 00 daqiqadan keyingi vaqtga belgilanadi.
6.7. Har bir turda “Duel” mini-o‘yinini bir-biri bilan o‘ynaydigan raqiblar juftliklari tasodifiy tarzda tashkil etiladi. Har bir juft raqibdan keyingi bosqichga mini-o‘yin g‘olibi chiqadi va mag‘lub esa turnirdan chiqib ketadi. Agar Ishtirokchiga tur davomida raqib topilmasa, bunday Ishtirokchi avtomatik ravishda keyingi bosqichga o‘tadi. Final bosqichini yutgan Ishtirokchi turnir G‘olibi deb e’tirof etiladi.
6.8. Keyingi bosqichga o‘tgan Ishtirokchilarga quiz.ucell.uz sayti sahifalarida keyingi turning boshlanishi haqida xabar beriladi.
6.9. Ishtirokchi saytdagi shaxsiy kabentida “Qo‘lqopni tashlash” tugmasini bosish orqali joriy turda ishtirok etishini e’lon qilishi kerak. Joriy turda o‘z ishtirokini e’lon qilmagan Ishtirokchi mag‘lubiyatga uchragan deb hisoblanadi va turnirdan chiqarib yuboriladi.
6.10. “Duel” mini-o‘yinining har bir turida Ishtirokchilarga 10 (o‘n) ta savolga javob berish taklif etilib, ularning har biriga 4 (to‘rt) ta javob varianti taklif qilinadi.
6.11. Savollar “Duel” mini-o‘yinlarining joriy o‘yin kuni umumiy savollaridan tasodifiy tartibda beriladi. Ishtirokchilarga yangi savollar paydo bo‘lishi haqida bildirishnomalar yuborilmaydi.
6.12. “Duel” mini-o‘yinining har bir turida Ishtirokchi va uning raqibiga bir vaqtning o‘zida bir xil savollar beriladi. Ishtirokchi har bir savolga o‘z javoblarining to‘g‘riligini, shuningdek raqibning javoblarini ko‘radi. Bitta savolga javob berish vaqti 30 soniya bilan chegaralanadi: bu vaqtdan so‘ng, Ishtirokchilar ushbu savolga javob bergani yoki bermaganidan qat’i nazar, navbatdagi savol yuklanadi.
6.13. Ishtirokchining vazifasi mini-o‘yinning har bir savoliga raqibdan to‘g‘ri va tezroq javob berishdir. Savolga javob berish imkoniyati raqibning javobidan qat’i nazar, mini-o‘yinning har bir ishtirokchisiga beriladi.
6.14. “Duel” mini-o‘yinida ballarni hisoblash va G‘olibni aniqlash qoidalari.
“Duel” mini-o‘yinida har bir savol uchun:
•savolga birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchiga 20 ball beriladi;
•savolga ikkinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchiga 10 ball beriladi;
•savolga noto‘g‘ri javob bergan yoki 30 soniya ichida javob bermagan ishtirokchiga 0 ball beriladi.
Ikki raqibdan ushbu o‘yinda Viktorina savollariga to‘g‘ri javob uchun eng ko‘p ball to‘plagan Ishtirokchi mini-o‘yinda g‘olib deb topiladi. Ikki raqibda teng miqdordagi ballar to‘plangan taqdirda, ushbu mini-o‘yinda berilgan barcha savollarga javob berishda kam vaqtga ega bo‘lgan “Duel” mini-o‘yinining ishtirokchisi G‘olib deb e’tirof etiladi.
Turnir ishtirokchilari “Duel” mini-o‘yinlar o‘ynalgan kuni turnirning mini-o‘yinlari natijalarini quiz.ucell.uz saytidagi shaxsiy kabinetida ko‘rishlari mumkin.
Turnir G'olibini aniqlash qoidalari.
Final turini yutgan ishtirokchi turnir g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Final turi g‘olibini aniq belgilash imkoni bo‘lmasa, turnirning barcha ishtirokchilari orasida turnirning barcha mini-o‘yinlari natijalari bo‘yicha savollarga eng kam vaqt ichida javob bergan vaqt uchun maksimal ball to‘plagan ishtirokchi turnir g‘olibi deb topiladi.
7. Sovrin jamg‘armasi
Viktorinani o‘tkazishning har bir kalendar kuni (Toshkent vaqti bilan soat 00:00:00dan 23:59:59gacha) yakunlari bo‘yicha har kuni o‘yin kuni tugagandan so‘ng bir sutka davomida to‘g‘ri javoblar miqdori va savollarga javob vaqtlari bo‘yicha birinchi 3 (uch) ta o‘rinni olgan ishtirokchilar aniqlanadi.
•1-o‘rin-250 000 so‘m;
•2-o‘rin-200 000 so‘m;
•3-o‘rin-150 000 so‘m.
8. Sovrinlarni olish shartlari va qoidalari
8.1. O‘yin kuni yakunlari sarhisob qilingandan so‘ng, Viktorinaning har bir bosqichida G‘oliblarga sovrin tayinlangani haqida xabarnoma va uni olish shartlari tafsilotlarini olish uchun Viktorinaning quiz.ucell.uz saytiga o‘tishni taklif qilingan SMS-xabarlar yuboriladi. Agar ishtirokchi Viktorinaning quiz.ucell.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tsa, u yana sovrinni olish bo‘yicha xabar va ko‘rsatmalarni oladi.
8.2. Ishtirokchining abonent raqami sovrinni olish shartlari, shuningdek, sovrinni olishni rad etish to‘g‘risidagi qaror haqida xabardor qilish maqsadida Tashkilotchidan bildirishnoma olish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
8.3. Sovrinni olish uchun G‘olib Tashkilotchiga Viktorina yakunlari sarhisob qilingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida quyidagilarni taqdim etishi shart:
•jismoniy shaxs to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot (F.I.SH, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, pasport berilgan sana, pasportni bergan organ, hujjat seriyasi va raqami) ko‘rsatilgan pasport varag‘ining skaner nusxasi;
•yashash/ bo‘lish joyida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotga ega pasport varag‘ining skaner nusxasi, yoki bo‘lish joyida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
•SHJBPHR (JSHSHIR) skaner nusxasi;
• shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligining skaner nusxasi (shakli Tashkilotchi tomonidan G‘olibga yuboriladi);
•O‘zbekiston Respublikasidagi G‘olibga tegishli bo‘lgan bank hisob raqami to‘g‘risidagi ma’lumot (bank ma’lumotnomasi). Hisob raqami to‘g‘risidagi ma’lumot G‘olibning hisob raqami ochilgan bank bo‘limi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi (ya’ni u bank muhri va mas’ul xodimning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi) lozim. Ma’lumotda bank rekvizitlari (BIK, STIR, kor. hisob raqami) ham ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatlar quiz_ucell@arboost.com elektron pochtaga yuborilishi kerak.
8.4. G‘olib o‘zi yutuq haqida xabardor etilgan vaqtdan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida zarur hujjatlarni taqdim etishi shart. Agar ko‘rsatilgan vaqt ichida G‘olib deb topilgan Ishtirokchi Tashkilotchi/Operator bilan bog‘lanmasa va/ yoki sovrinni olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qilmasa, u sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va bunday huquq reytingda yoki navbatda undan keyin turgan Foydalanuvchi (Abonent)da paydo bo‘ladi, lekin xuddi shu o‘yin davri uchun bitta sovringa nisbatan huquqning o‘tishi 5 martadan oshmasligi kerak. Belgilangan davrda talab qilinmagan sovrinlar to‘lanmaydi, G‘olib (Abonent) esa sovrinni olish huquqini yo‘qotadi.
8.5. Bundan tashqari, Tashkilotchi/Operator vakillari O‘yin G‘olibi deb e’tirof etilgan Foydalanuvchi bilan 3 (uch) kun ichida Xizmatda ishtirok etish doirasida Foydalanuvchi SMS xabarlar yuborgan telefon raqami orqali bog‘lanadi. Xizmat foydalanuvchisi O‘yin G‘olibi deb e’tirof etilgan kundan keyingi 3 (uch) kun ichida G‘olibga kamida 5 (besh) qo‘ng‘iroq qilinadi.
8.6. Viktorina Tashkilotchisi quyidagi holda Viktorina G‘olibiga sovrinni berishdan bosh tortishga haqli:
• agar Tashkilotchi/Operator vakili Qoidalarda ko‘rsatilgan vaqt ichida Viktorina G‘olibi bilan uning telefon raqami bo‘yicha ulanish imkoniyati yo‘qligi sababli bog‘lana olmasa (Viktorina G‘olibining telefoni o‘chirilgan yoki “COSCOM” MCHJ aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa);
• agar Viktorina G‘olibi Tashkilotchi/Operator vakiliga zarur hujjatlarni taqdim etmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar va/yoki yolg‘on hujjatlarni taqdim etsa. Agar Operator yoki Viktorina Tashkilotchisi taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini shubha qilsa va/yoki G‘olib zarur hujjatlarni shaxsan topshirishdan bosh tortsa, Tashkilotchi/Operator O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
• agar Viktorina G‘olibida Operator oldida aloqa xizmatlari uchun to‘lanmagan qarzlari bo‘lsa. Natijalarni sarhisob qilganda Ishtirokchining shaxsiy hisobidagi joriy balans Operator hisobidan aloqa xizmatlaridan foydalanishga imkon beradigan barcha xizmatlarni va chegirmalarni inobatga olmagan holda hisobga olinadi.
• agar G‘olib mustaqil ravishda sovrinni olishni rad etsa.
• agar G‘olib ushbu shaxs viktorinada g‘olib deb topilgan vaqtda oxirgi kalendar yili davomida bir kalendar oyida 3 (uch) marta birinchi G‘olib o‘rnini egallagan bo‘lsa;
• agar G‘olib ushbu shaxs viktorinada g‘olib deb topilgan vaqtda oxirgi kalendar yil davomida bir kalendar yilda 9 (to‘qqiz) marta birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa;
• agar Viktorina G‘olibi ushbu Qoidalarning 2-bandida ko‘rsatilgan, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda Viktorina Ishtirokchisini aniqlash mezonlarini qondirmasa;
• Viktorina Tashkilotchisi tomonidan Viktorina G‘olibiga sovrinni topshirish rad etilgan taqdirda, sovrin talab qilib olinmagan deb e’tirof etiladi. Talab qilinmagan sovrinlar saqlanmaydi, berilmaydi va Tashkilotchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalaniladi.
8.7. Viktorina G‘oliblari uchun pul mukofotlari G‘olibning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Hisob egasi Qoidalarga muvofiq Viktorina g‘olibi deb topilgan Ishtirokchi bo‘lishi kerak. Pul mukofoti G‘olib tomonidan barcha hujjatlar Qoidalarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, o‘yin bo‘lib o‘tgan kalendar oydan keyingi 30 (o‘ttiz) ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
Pul mukofoti naqd pul vositalarida berilmaydi.
8.8. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining soliq va yig‘imlar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston soliq organlariga G‘olib va mukofotning hajmi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Viktorina G‘oliblari Viktorinada ishtirok etganlik uchun sovrinlar shaklida daromad olgani sababli, O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi. Shu munosabat bilan, Tashkilotchi (yoki uning vakili) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, G‘olibning soliq agenti sifatida ish yuritgan holda, G‘olibga to‘lanadigan mukofot summasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘i (JshDS) miqdorini hisoblab chiqadi va ushlab qoladi. Soliq summasi Tashkilotchi (yoki uning vakili) tomonidan G‘olib nomidan tegishli byudjetga o‘tkaziladi.
8.9. Qoidalarning 8.4-bandida belgilangan muddatda talab qilinmagan sovrinlar saqlanmaydi, berilmaydi va Viktorina Tashkilotchisi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalaniladi.
9. Qo‘shimcha shartlar
9.1. Viktorinaga obunani rasmiylashtirgan Abonent Viktorinaning Individual qoidalariga, shuhungdek, “COSCOM” MCHJ Abonentlari uchun Sovrinli viktorinalarni o‘tkazish Umumiy qoidalariga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligi (Ofertani qabul qilish)ni tasdiqlaydi; o‘zi 18 yoshga to‘lganligini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini va Operator bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Abonent ekanligini hamda ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan Ishtirokchining boshqa mezonlariga muvofiq kelishini kafolatlaydi.
9.2. Abonentning Viktorinada obunani rasmiylashtirishi ushbu Qoidalarga o‘zgartirish va/ yoki qo‘shimchalarning kiritilishiga rozilikka olib keladi.
9.3. Ushbu Qoidalar Tashkilotchining quiz.ucell.uz saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan paytgacha amal qiladi. Viktorina Ishtirokchilari ushbu Qoidalarning bekor qilinishi to‘g‘risida ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 (o‘n) kun oldin Viktorina Tashkilotchining quiz.ucell.uz saytida e’lon qilish orqali xabardor qilinadi. Ushbu Qoidalar tegishli xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Qoidalarning mazkur bandida belgilangan tartibda ushbu Qoidalarga o'zgartirishlar kiritilishi va/yoki ularning bekor qilinishi Oferta Ishtirokchisi tomonidan qabul qilinishi natijasida yuzaga keladigan shartnomaga qo‘shimcha bitim shartlarini mos ravishda o‘zgartirish va/yoki bekor qilishni anglatadi.
9.4. Ishtirokchi, ushbu Qoidalarning o‘zgarishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, yangilanishlar kuchga kirgunga qadar Viktorinada ishtirok etishdan bosh tortishi kerak, aks holda o‘zgarishlar Ishtirokchi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
9.5. Ishtirokchilar Viktorinada qatnashgan holda quyidagilarga rozilik bildiradi:
• Tashkilotchi va Operator, shuningdek Viktorinani o‘tkazish uchun ular tomonidan jalb etilgan shaxslar bir-birlari bilan ma’lumot almashishlari, shu bilan birga Viktorinada Ishtirokchining qatnashishi bilan bog‘liq ma’lumotlar (shu jumladan, Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari va Ishtirokchilarning yuborilgan so‘rovlari mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar)ni qayta ishlashiga;
• Ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligisiz va buning uchun hech qanday haq to‘lamagan holda Viktorinaning o‘tkazilishi to‘g‘risida uchinchi shaxslarni xabardor qilish uchun Tashkilotchi tomonidan ularning ismlari, fotosuratlari, intervyulari tilga olinishiga.
Operator Viktorinaning reklama targ‘ibotini faqat reklamani elektron aloqa tarmoqlaridan olishga oldindan rozilik bildirgan Abonentlarga nisbatan amalga oshiradi.
9.6. Ishtirokchi Viktorinada ishtirok etar ekan, Tashkilotchi va Operator, shuningdek Viktorinani o‘tkazish maqsadida jalb etilgan uchinchi shaxslar tomonidan Viktorina doirasida Ishtirokchi bilan, jumladan, SMS-xabarlar almashuv kanali va elektron pochtani o‘z ichiga olgan elektron aloqa tarmoqlari bo‘yicha aloqalarni amalga oshirish uchun bunday Ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, saqlash, uchinchi shaxslarga uzatish, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha xatti-harakatlarning amalga oshirilishiga ixtiyoriy roziligini bildiradi. Tashkilotchi, Operator va ular jalb etgan shaxslar tomonidan bunday xatti-harakatlarning amalga oshirilishi Ishtirokchidan qo‘shimcha ruxsatnomalarni va Ishtirokchining ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risida maxsus xabarnomalarni olishini talab qilmaydi. Ishtirokchining bunday roziligi Viktorinaning o‘tkazilish davri mobaynida va uning Operatorning qaroriga ko‘ra yakunlangani yoki Ishtirokchi Viktorinadagi obunasini bekor qilganidan so‘ng 30 (o‘ttiz) kalendar kun davomida amal qiladi.
Tashkilotchi/ Operator Viktorina o‘tkazilishi bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bunday bajarmaslik Ishtirokchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qaytarib olinishi natijasida ularning yo‘q qilinishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa.
9.7. Viktorina ishtirokchisi Tashkilotchi va Operatorga Viktorinada ishtirok etgan shaxsning aloqa xizmatlari shartnomasi bo‘yicha tomonga mosligini va aloqa xizmatlari shartnomasi bo‘yicha aloqa xizmatlari uchun to‘lovni to'lash uchun qarzdorlik yo‘qligini tasdiqlash uchun ma’lumotlarni tekshirishga rozilik beradi.
9.8. Tashkilotchi va Operator aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdagi kechikishlar yoki uzilishlar uchun javobgar emas.
1-ilova. Qo‘shimcha sovrinlar o‘yini. Marafonlar
O‘tkazish sanalari* |
Sovrinlar |
1-o‘rin |
2-o‘rin |
3-o‘rin |
23.06.2022-30.06.2022 |
4 000 000 so‘m |
3 000 000 so‘m |
2 000 000 so‘m |
19.09.2022-25.09.2022 |
9 000 000 so‘m |
- |
- |
14.11.2022-20.11.2022 |
4 000 000 so‘m |
3 000 000 so‘m |
2 000 000 so‘m |
2-ilova. Qo‘shimcha sovrinlar o‘yini. “Duel” mini-o‘yinlari
O‘tkazish sanalari* |
Sovrinlar |
1-o‘rin. Bosh sovrin |
Yilda bir marta |
500 000 000 so‘m |
*qo'shimcha o'yinlar sanalari Yangiliklar bo'limida e'lon qilinadi